O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Latviya Markaziy moliya-kontrakt agentligi (CFCA) vakili bilan uchrashdi.

 

2025-yilning 9-aprel kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Latviya Markaziy moliya-kontrakt agentligining (CFLA) O‘zbekistondagi vakili Ieva Yaunzeme bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida Yevropa Ittifoqining atrof-muhitni muhofaza qilish dasturlari orqali “yashil iqtisodiyot”, muqobil energiya manbalari, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va tabiatni asrashga oid loyihalar, jumladan, qo‘shma loyihalar bo‘yicha hamkorlikda ish olib borish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, grantlar jalb etish, moliyaviy va texnik ko‘mak berish sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ushbu tashabbuslarni amalga oshirishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий