O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri “Lasselsberger Group” rahbari bilan uchrashdi

 

2023-yilning 22-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Avstriyaning “Lasselsberger Group” kompaniyasi rahbari Jozef Lasselsberger bilan uchrashdi. Suhbat chog‘ida kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyatini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida zavodlar tashkil etish bo‘yicha bir qancha loyihalar allaqachon yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi. Shuningdek, kompaniya turli sohalarda yana bir qator yangi loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirgan.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий