O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Kuvayt tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

 

2024-yilning 14-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kuvayt Davlati tashqi ishlar vaziri Abdulloh Ali al-Yahyo bilan uchrashuv o‘tkazdi.

TIV rahbarlari hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash, investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish, barcha sohalarda almashinuvlarni jadallashtirish masalalarini muhokama qildilar. Suhbat chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida munosabatlarni har tomonlama rivojlantirish uchun hali foydalanilmagan ulkan imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi. Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Kuvayt tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий