O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Koreya Respublikasi Elchisini qabul qildi

 

2023-yilning 28-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kim Xi-sangni qabul qildi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va sezilarli natijalar bilan boyitishga qaratilgan keng ko‘lamli masalalar muhokama qilindi hamda turli darajalardagi bo‘lajak tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий