O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Koreya Respublikasi Elchisidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi
2024-yilning 7-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Von Do Yonning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
Muloqot chog‘ida Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolning mamlakatimizga bo‘lajak tashrifi intiqlik bilan kutilayotgani qayd etildi. Prezidentlar sammitiga tayyorgarlik ko‘rish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, davlatlarimiz o‘rtasidagi an’anaviy yaqin aloqalarda yangi o‘sish nuqtalarini kashf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Vazir Elchiga O‘zbekistondagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tiladi.