O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Kipr Elchisining ishonch yorliqlarini qabul qildi
2024-yilning 24-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kiprning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Kipros Yorgallisning ishonch yorliqlarini qabul qildi. O‘zbekiston va Kipr tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi muntazam muloqot tobora mustahkamlanib borayotgan munosabatlarga, ayniqsa, iqtisodiy yo‘nalishdagi aloqalarga yangi sur’at bag‘ishlashi qayd etildi.