O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri hamdardlik bildirdi
2024-yil 20-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy, Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon va boshqa Eron hukumati a'zolari bo‘lgan vertolyotning halokatga uchragani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi nomidan halok bo‘lganlarning yaqinlari va butun Eron xalqiga ta'ziya izhor etdi.