O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Eron Elchisidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi

 

2023-yil 19-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Faqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Muhammad Ali Iskandariydan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Uchrashuvda  O‘zbekiston-Eron o‘zaro manfaatli hamkorligini kengaytirish bo‘yicha ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari oldidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Vazir Elchiga mamlakatimizdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tiladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий