O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiya Afg‘onistonga tashrif buyurdi

 

2024-yil 12-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Kobulga tashrif buyurdi. 

Tashrif davomida Afg‘oniston muvaqqat hukumatining bir qancha mansabdor shaxslari – Bosh vazir v.b. Mulla Muhammad Hasan Oxund, Bosh vazir o‘rinbosari v.b. Mavlaviy Abdul Salom Hanafiy, Bosh vazir o‘rinbosari v.b. Mulla Abdul G‘ani Barodar, tashqi ishlar vazirligi v.b. Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy, ichki ishlar vaziri v.b. Xalifa Sirojiddin Haqqoniy hamda savdo va sanoat vaziri v.b. Nuriddin Aziziy bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Muzokaralar chog‘ida o‘zaro hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari muhokama qilindi. Iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratildi. 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий