O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri BMT Bosh kotibining yordamchisi bilan uchrashdi
2023-yil 18-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT Bosh kotibining qonun ustuvorligi va xavfsizlik institutlari bo‘yicha yordamchisi Aleksandr Zuyev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar chog‘ida korrupsiyaga qarshi kurashishdan tortib mintaqada uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikni ta’minlashgacha bo‘lgan bir qator sohalarda aloqalarni kengaytirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. O‘zbekistonning keng qamrovli islohotlar dasturini doimiy qo‘llab-quvvatlab kelayotgani uchun BMT jamoasiga minnatdorlik bildirildi.