O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

 

2024-yil 4-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Markaziy Osiyoning barcha davlatlari tomonidan mintaqada, shu jumladan Afg‘onistonda ham, umumiy farovonlik yo‘lida olib borilayotgan sa’y-harakatlarni doimiy ravishda BMT va uning missiyalari doimiy qo‘llab-quvvatlanayotgani yuksak qadrlanishi qayd etildi. 

Bir yoqadan bosh chiqarish va olg‘a intilish, mavjud barcha masalalarni hal etish hamda kelajak avlodlar bugungi harakatlar natijalaridan bahramand bo‘ladigan eng qulay shart-sharoitlar yaratish uchun hozirdan yaxshiroq fursat bo'lmasligi alohida ta’kidlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий