O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha Maxsus vakili bilan uchrashdi

 

2023-yil 16-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT Bosh kotibining maxsus vakili va Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Kaha Imnadze bilan uchrashdi. Muzokaralar kun tartibi iqlim oʻzgarishidan tortib, yoshlar siyosatigacha boʻlgan mintaqaviy hamkorlikning dolzarb mavzularini qamrab oldi. Markazning mintaqamiz davlatlarini umumiy farovonlik yo‘lida yanada jipslashtirishga qaratilgan faoliyatini doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyorlik bildirildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий