O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasida so'zga chiqdi

 

2022-yil 24-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi umumiy munozaralarida so’zga chiqdi. 

O'zbekiston delegatsiyasi rahbari o'z nutqida BMTning global va mintaqaviy muammolarni hal qilishdagi markaziy rolini kuchaytirish muhimligini ta'kidladi. Shu bilan birga, Tashkilotning o'zi ham sodir bo'layotgan o'zgarishlarga samarali javob berish uchun rivojlanishi kerak. 

- Hech bir mamlakat global xavf va qiyinchiliklardan qochib qutula olmaydi yoki ularni yolg'iz o'zi hal qila olmaydi. Inqirozlarning xavfli spiralidan chiqish barcha mamlakatlar manfaatlarini hisobga olish va hurmat qilishga asoslangan konstruktiv muloqot va ko'p tomonlama hamkorlikda ko'rinadi. Dunyo yanada barqaror, bashorat qilinadigan va gullab - yashnashi uchun samarali xalqaro hamkorlik zarur, - dedi V.Norov. 

Tamaddunlararo va madaniyatlararo muloqotni o'rnatish, barchga muammolarga izchil yondoshuvlar va yechimlarni izlash, global keskinlik, noaniqlik va oldindan aytib bo'lmaydigan tahdidlarni bartaraf etish bo'yicha hamkorlik bugun zaruriyatga aylanib borayotgani qayd etildi. Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-sentabr kuni Samarqandda bo'lib o'tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida Umumiy xavfsizlik va farovonlik yo'lida Samarqand birdamlik tashabbusini ilgari surdi. 

Uning maqsadi xalqaro munosabatlarda o'zaro ishonch va barqarorlikni tiklashga ko'maklashish, shuningdek, geosiyosiy raqobat, mafkuraviy qarama-qarshiliklar va tortishuvlardan xoli bo'lgan keng muloqotni yo'lga qo'yish orqali birdamlikni mustahkamlashdan iboratdir.

2023-yili Samarqand forumida O'zbekiston Rahbarining tashabbusini amalga oshirish masalalarini birgalikda ko'rib chiqish taklif qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий