O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri bir qator ko‘p tomonlama tuzilmalar rahbari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
2024-yil 1-2-mart kuni kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Antaliya diplomatik forumi doirasida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bosh direktori, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi, Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi hamda Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi prezidenti bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralar mobaynida O‘zbekiston va ushbu tuzilmalar o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.