O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Benin Elchisining ishonch yorliqlarini qabul qildi
2024-yil 13-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Beninning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Andre Akambi Okunlola-Biauni qabul qildi. O‘zbekiston Hukumati Afrika davlatlari bilan har tomonlama aloqalarni kengaytirishdan manfaatdorligi ta’kidlandi. O‘zaro hamkorlikning bir qator istiqbolli yo‘nalishlari, jumladan, qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik sanoati muhokama qilindi. Vazir Elchiga mamlakatimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.