O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Belgiya Elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi
2024-yil 27-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Belgiyaning O‘zbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Anri Vantigemdan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Muloqot chog‘ida ikki va koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga oʻzaro tayyorlik qayd etildi. Tomonlar O‘zbekiston va Belgiya kompaniyalarini yaqin aloqalarni oʻrnatishga va ularni jadal rivojlantirishga chaqirdilar. Vazir Elchiga mamlakatimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.