O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri AQSh senatori bilan uchrashdi

 

2024-yilning 27-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSh senatori Stiv Deyns bilan uchrashdi.

Vazir senatorning O‘zbekiston bilan “xazinalar shtati” deya atalmish Montana shtati va AQSh o‘rtasida barcha yo‘nalishlarda aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini olqishladi. Muloqot chog‘ida mintaqaviy va global kun tartibi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyot, energetika, ta’lim va boshqa sohalarda hamkorlik uchun ulkan salohiyatni ro‘yobga chiqarish yo‘llari muhokama qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий