O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Angola elchisining ishonch yorliqlarini qabul qildi
2024-yil 13-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Angolaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Augushtu da Silva Kunyani qabul qildi. Uchrashuvda akademik almashinuv, sog‘liqni saqlash, sport va boshqa ko‘plab sohalarda hamkorlik o‘rnatish yuzasidan fikr almashildi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Elchini davlatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarda sezilarli natijalarga erishish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi bildirildi.