O‘zbekiston-Tailand hamkorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

 O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Haydarov Tailand Qirolligining mamlakatimizdagi faxriy konsuli Zafar Ergashev bilan uchrashdi.

Muloqotda 2024-yil 19-25-iyul kunlari Tailand tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Busadi Santipitaks boshchiligidagi Tailandning yirik kompaniyalari rahbarlaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Tailandning boy tajribasini hisobga olgan holda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga tovar ayirboshlash hajmini oshirish, ilg‘or texnologiyalar va investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni chuqurlashtirish, jumladan, Tailanddan O‘zbekistonga sayohatchilarni jalb qilish uchun maxsus turistik paketlarni ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий