O'zbekiston-Sloveniya siyosiy maslahatlashuvlarining 3-davrasi bo'lib o'tdi

 28-noyabr kuni oshkentda O'zbekiston-Sloveniya siyosiy maslahatlashuvlarining 3-davrasi bo'lib o'tdi. Sloveniya delegatsiyasiga Tashqi va Yevropa ishlari vazirligi Davlat kotibi Marko Shtutsin boshchilik qildi.

O'zbekiston bilan Sloveniya o'rtasidagi har tomonlama, jumladan, xalqaro tashkilotlar doirasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Ikki tomonlama siyosiy muloqotni, jumladan, yuqori darajada rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. O'zbekistonning Sloveniyada va Sloveniyaning O'zbekistonda diplomatik mavjudligini mustahkamlash bo'yicha kelishuvga erishildi.

Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar sohalarda o'zaro manfaatli hamkorlikni yana-da faollashtirish va kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini 2025-yilda Lyublyana shahrida o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий