O‘zbekiston-Shveysariya siyosiy maslahatlashuvlari haqida

 2024-yil 14-noyabr kuni onlayn formatda ikki davlat Tashqi ishlar vazirligining tegishli boshqarmalari rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston-Shveysariya siyosiy maslahatlashuvlarining yettinchi raundi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston bilan Shveysariya o‘rtasidagi turli sohalardagi ko‘p qirrali munosabatlarning holati va yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, moliyaviy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalarda, shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar turli darajadagi o‘zaro tashrif va tadbirlarni birgalikda rivojlantirish, ikki tomonlama munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish, shuningdek, siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini 2025-yilda Bern shahrida o‘tkazishga kelishib oldilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий