O‘zbekiston-Rossiya TIVlararo maslahatlashuvlari to‘g‘risida

 

2022-yil 26-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida videokonferensaloqa shaklida maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar delegatsiyalariga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev va Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin boshchilik qildi.

Maslahatlashuvlar ishtirokchilari Oʻzbekiston-Rossiya strategik sheriklik munosabatlarining keng koʻlamli masalalarini, ikki davlat Rahbarlarining uchrashuvlari yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni muhokama qildilar, shuningdek, 2023-yilga moʻljallangan rejalarni belgilab oldilar.

Tomonlar konstruktiv siyosiy muloqotni yanada faollashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. O‘zbekiston va Rossiya parlamentlari, hukumatlari va iqtisodiy tuzilmalari tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.

Xalqaro institutlar doirasidagi hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Maslahatlashuvlarda madaniy-gumanitar almashinuvlarni jadallashtirishga ham alohida e’tibor qaratildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий