O‘zbekiston-Rossiya hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi

 

2023-yil 3-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginovni qabul qildi.

Tomonlarning ikki mamlakat Rahbarlarining uchrashuv va muzokaralari yakunida erishilgan kelishuvlarni tizimli amalga oshirishga tayyorligi taʼkidlandi.

Uchrashuvda siyosiy, diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Iqtisodiy diplomatiyani jadallashtirish, jumladan, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, investitsiyalarni jalb etish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Ikki va ko‘p tomonlama shaklda bo‘lib o‘tadigan tadbirlar jadvali va ularning kun tartibi muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Rossiyaning xalqaro va mintaqaviy institutlar doirasidagi muloqotni davom ettirishga tayyorligi qayd etildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий