O'zbekiston Respublikasi TIV rahbarining uchrashuvlari to'g'risida

 2023-yil 13-aprel kuni Samarqand shahrida O'zbekiston Respublikasi TIV rahbari Baxtiyor Saidovning Belarus Respublikasi tashqi ishlar vaziri  Sergey Aleynik, Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon, Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Pokiston Islom Respublikasi tashqi ishlar davlat vaziri Xina Rabboniy Xar bilan alohida uchrashuvlari bo'lib o'tdi. 

Muzokaralarda O'zbekistonning mazkur mamlakatlar bilan siyosat va diplomatiya, savdo, investitsiyalar, transport va logistika, madaniyat va ta'lim sohalaridagi hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari ko'rib chiqildi. Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi tomonlarning o'zaro hamkorligi masalalariga alohida e'tibor qaratildi. 

Bugun bo'lib o'tgan Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar vazirlarining to‘rtinchi uchrashuvi yakunlari, 2023-yil 14-aprel kuni Samarqand shahrida bo'lib o'tadigan MDH Tashqi ishlar vazirlari Kengashi yig’ilishi va “Markaziy Osiyo-Rossiya” shaklidagi vazirlar uchrashuviga tayyorgarlik yuzasidan fikr almashildi. 

O'zbekiston-Belarus muzokaralari yakunlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi Tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida 2023-2024-yillarga mo'ljallangan maslahatlashuvlar dasturi imzolandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий