O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

 Ma’lumki, 2022-yil 8-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xodimlari ishtirokida mazkur hujjat mazmuniga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Agentlik vakillari Qonunning maqsadlari, mohiyati va qo‘llanish sohalari haqida taqdimot qildilar. Taʼkidlanganidek, mazkur Qonun 118 mingdan ortiq kishi faoliyat yuritadigan davlat xizmati sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy hujjat hisoblanadi.

Qonunga ko‘ra, davlat fuqarolik xizmatining prinsiplari davlat fuqarolik xizmati tizimining yagonaligi va barqarorligi, qonuniylik, adolatlilik, xalqqa xizmat qilish, davlat organlarining va mansabdor shaxslarning jamiyat hamda fuqarolar oldida mas’ulligi, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik va shaffoflik, xolislik, professionallik, kompetentlik va boshqalar.

Hujjatda davlat fuqarolik xizmatiga kirish tartibi va shartlari ifoda etilgan hamda birinchi marta davlat xizmatchisining huquqiy maqomi, davlat xizmatchisining huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligi, i mustahkamlab qo‘yilgan.

Qonunda davlat xizmatida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilangan.

Davra suhbati doirasida diplomatlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий