O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining axboroti

 O'zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi doirasida 2022-yil 24-iyun kuni Toshkent shahrida ShHTga a'zo davlatlar energetika vazirlarining ikkinchi yig'ilishi bo'lib o'tadi.

O'zbekiston, Hindiston, Pokiston, Rossiya, Xitoy, Tojikiston, Qirg'iziston, Qozog'iston energetika vazirliklari rahbarlari tashkilot uchun strategik muhim bo’lgan energetika yo'nalishdagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qiladilar. 

Yig'ilish yakunida ShHTning energetika yo'nalishida konseptual hujjatlari tasdiqlanishi kutilmoqda. ShHTga a'zo davlatlarning Energetika sohasidagi hamkorligi konsepsiyasini amalga oshirish bo'yicha Chora-tadbirlar rejasi hamda O'zbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqilgan  ShHTga a'zo davlatlarning Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi hamkorligi dasturi loyihasi shular jumlasidandir.

ShHTga a'zo davlatlar delegatsiyalari rahbarlari O'zbekiston energetika forumida ham ishtirok etadilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий