O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti

 O'zbekiston Respublikasi Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik qiluvchi mamlakat sifatida Ozarbayjon-Armaniston chegarasida tinchlikka erishilgani va keskinlik bartaraf etilganini olqishlaydi. 

O’zbekistonning ishonchi komilki, barcha masalalar va mavjud muammolarni hal qilishning yagona to'g'ri yo'li bu xalqaro huquq asosida va ilgari erishilgan kelishuvlar doirasida tinchlik muzokaralari va maslahatlashuvlar yo'lidir.

Biz tinchlik shartlariga qat'iy rioya qilinishi, har qanday sharoitda ham vazminlikning namoyon bo'lishiga umid qilamiz hamda tomonlarni mavjud ahvolni barqarorlashtirish, vaziyatdan chiqish uchun siyosiy va diplomatik muzokaralar olib borishga da'vat etamiz.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий