O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti

 Joriy yil 17-avgust kuni Kobul masjidlaridan birida kechki namoz paytida sodir etilgan portlash natijasida ko'plab insonlarning o'limi va jarohatlangani to'g'risidagi xabarni chuqur qayg'u bilan qabul qildik. 

Mazkur terrorchilik xurujini qat'iy qoralaymiz hamda ushbu vahshiyona xatti-harakatning tashkilotchilari va ijrochilarini aniqlash bo'yicha barcha choralar ko'rilishiga umid qilamiz.

Halok bo’lganlarining oilalari va yaqinlariga chin dildan hamdardlik bildirib, jabrlanganlarning sog’ayib ketishini tilaymiz.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий