Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti

 2022-yil 5-iyul kuni soat taxminan 16:20 atrofida Oʻzbekistonning chegaraoldi hududiga katta ehtimol bilan Afgʻoniston hududidan uchirilgan beshta reaktiv snaryadlarning kelib tushgani qayd etildi.

Shuni taʼkidlash joizki, snaryadlar tushganida portlashlar yuz bermaganligi sababli insonlar nobud boʻlmagan va vayronagarchiliklar yuz bermagan. Termiz shahridagi “Majnuntol” mahallasida joylashgan 4 ta uy-joyga uncha yirik boʻlmagan ziyon yetgan, beshinchi snaryad esa futbol maydonidan topilgan. Aniqlangan snaryadlar sapyorlik boʻlinmalari tomonidan zararsizlantirilgan.

Hozirda Oʻzbekistonning vakolatli organlari Afgʻoniston tarafi bilan birgalikda mazkur hodisa sabablarini aniqlash boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqdalar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий