O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining tabrigi
Qadrli vatandoshlar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun – 8-dekabr munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!
Yangilangan Konstitutsiyamizning har bir moddasi xalqimiz huquqlari va manfaatlarini himoya qilishda, mamlakatimizning demokratik tamoyillar asosida rivojlanishida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ayniqsa, Konstitutsiyamizning tashqi siyosatga oid qoidalariga O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi nufuzini mustahkamlashga qaratilgan muhim moddalar kiritilganini alohida ta’kidlash joiz.
Xalqaro maydonda ochiqlik, o‘zaro hurmat va manfaatli hamkorlik tamoyillari mamlakatimiz tinchligi va taraqqiyotining muhim garovi bo‘lib qolmoqda.
Ushbu ulug‘ bayram kunida barchangizga sihat-salomatlik, oilalaringizga osoyishtalik va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.