O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining Qurbon hayiti munosabati bilan bayram tabrigi

 Qadrli do‘stlar!

Bugun barchamiz ezgulik, xayr-saxovat, mehr-muruvvat kabi amallar bajariladigan Qurbon hayiti – Iyd al-Adha bayramini ko‘tarinki ruhda nishonlamoqdamiz.

Mazkur ayyom munosabati bilan barcha yurtdoshlarimiz, xorijdagi vatandoshlarimiz hamda butun dunyodagi islom ummati vakillarini chin dildan tabriklaymiz.

Fayzli va shukuhli tabarruk kunlarda Sizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Bu ulug‘ ayyomdagi barcha ezgu amallar mamlakatimiz, elimiz va har birimiz uchun qut-barakali va fayzli kelsin!

Qutlug‘ bayram barchamizga muborak bo‘lsin!

Baxtiyor Saidov,

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий