O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Xitoy Elchisini qabul qildi

 

2024-yil 13-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yuy Szyunni qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda strategik sheriklik munosabatlarining izchil rivojlanib borayotgani qayd etildi. Tomonlar amaliy hamkorlikning barcha yo‘nalishlaridagi loyihalarni ko‘rib chiqib, ularning o‘z vaqtida amalga oshirilishini muhokama qildilar. Shuningdek, kelgusi yil uchun rejalar va tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий