O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norovning BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasining umumiy munozaralaridagi nutqi

 

Nyu-York shahri, 2022-yil 24 sentabr

 

Hurmatli Janob Raisi!

Hurmatli Bosh kotib!

Delegatsiyalar rahbarlari!

Xonimlar va janoblar!

Ushbu yuksak minbardan so’zga chiqish imkoniyati uchun samimiy minnatdorchilik bildirishga ijozat bering.

Tsabo Kyoryoshi Janobi oliylarini Bosh Assambleyaning 77-sessiyasi raisi etib saylangani bilan tabriklamoqchiman.

Fursatdan foydalanib, Abdulloh Shahidga Janobi oliylargai Bosh Assambleyaning 76-sessiyasi ishini muvaffaqiyatli boshqargani uchun ham minnatdorchilik bildirmoqchiman.

Zamonaviy dunyoda global darajadagi chuqur ishonch inqirozi, barqarorlik va xavfsizlikka tahdidlarning kuchayishi, geosiyosiy qarama-qarshiliklarning keskinlashuvi va blok tafakkurining qayta tiklanishi xavfi kuzatilmoqda. 

Qurolli to'qnashuvlar dunyoning turli burchaklarida kengayishi va kuchayishi oqibatida hali pandemiya oqibatlaridan tiklanishga ulgurmagan xalqaro savdo-iqtisodiy aloqalarni beqarorlashmoqda. Oziq-ovqat va energiya xavfsizligini ta'minlash muammolari yanada og’ir tus olayotir.

Global iqlim o'zgarishi, tabiiy va suv resurslarining yetishmasligi, yuqumli kasalliklar tarqalishi mojarolarning kuchayishi, gumanitar inqirozlarning yuzaga kelishiga sabab bo’lib, insoniyat hayotiga tahdid solmoqda.

Hech bir mamlakat global xavf va qiyinchiliklardan qochib qutula olmaydi yoki ularni yolg'iz o'zi hal qila olmaydi. Inqirozlarning xavfli spiralidan chiqish barcha mamlakatlar manfaatlarini hisobga olish va hurmat qilishga asoslangan konstruktiv muloqot va ko'p tomonlama hamkorlikda ko'rinadi. Dunyo yanada barqaror, bashorat qilinadigan va gullab - yashnashi uchun samarali xalqaro hamkorlik zarur. 

Bugungi sharoitdan kelib chiqqan holda BMTning global va mintaqaviy muammolarni hal qilishdagi markaziy rolini kuchaytirish muhimligini ta'kidladi. Shu bilan birga, Tashkilotning o'zi ham sodir bo'layotgan o'zgarishlarga samarali javob berish uchun rivojlanishi kerak. 

Tamaddunlararo va madaniyatlararo muloqotni o'rnatish, barchga muammolarga izchil yondoshuvlar va yechimlarni izlash, global keskinlik, noaniqlik va oldindan aytib bo'lmaydigan tahdidlarni bartaraf etish bo'yicha hamkorlik bugun dolzarb zaruriyatga aylanib bormoqda. Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-sentabr kuni Samarqandda bo'lib o'tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida Umumiy xavfsizlik va farovonlik yo'lida Samarqand birdamlik tashabbusini ilgari surdi. 

Uning maqsadi xalqaro munosabatlarda o'zaro ishonch va barqarorlikni tiklashga ko'maklashish, shuningdek, geosiyosiy raqobat, mafkuraviy qarama-qarshiliklar va tortishuvlardan xoli bo'lgan keng muloqotni yo'lga qo'yish orqali birdamlikni mustahkamlashdan iboratdir.

Ushbu tashabbusni amalga oshirish masalalarini 2023-yili Samarqand forumida BMTning yuqori darajali vakillari, siyosiy yetakchilar, jamoat, biznes va ilmiy doiralarning nufuzli arboblari ishtirokida birgalikda ko'rib chiqishni taklif etamiz.

Hurmatli do'stlar,

Bu yil mamlakatimizda 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi qabul qilindi. Mazkur hujjat demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, qonun ustuvorligini ta'minlash, aholi turmush darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan.

Strategiya mamlakatimizda o'tgan besh yil ichida amalga oshirilgan islohotlar natijalaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, Strategiya Barqaror rivojlanish maqsadlarini jadal va har tomonlama amalga oshirish bo'yicha sa'y-harakatlarni kuchaytirishga qaratilgan.

Xususan, 2030-yilga kelib, O'zbekiston kambag'allik darajasini ikki baravar kamaytirish, barcha muhtojlarni qamrab olgan holda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, aholi daromadi o'rtacha ko'rsatkichdan yuqori bo'lgan mamlakatlar qatoriga kirishni rejalashtirmoqda.

BugunO'zbekiston muhim siyosiy tadbir – Konstitutsiyaviy islohotlar arafasida turibdi. 

Konstitutsiyani yangilashning asosiy maqsadi davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini tubdan o'zgartirish jarayoniga barqaror va qaytarilmas tus berish, inson sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, e’zozlash, himoya qilish, uning daxlsiz huquq va erkinliklarini kafolatlashdir.

Konstitutsiyaga "Inson sha'ni va qadr-qimmati uchun" g'oyasi chuqur joriy qilinishi taklif etilmoqda. Yangi Asosiy qonun o'lim jazosining to'liq bekor qilinishini, "Miranda qoidasi" va "Habeas corpus" tamoyillari kabi institutsional-huquqiy tushunchalarni va birinchi marta fuqarolarning ekologik huquqlarini konstitutsiyaviy ravishda mustahkamlaydi. 

Konstitutsiyaviy tuzatishlar jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlariga mansub fuqarolarning manfaatlarini kafolatli ta'minlash va himoya qilishga qaratilgan to'g'ridan-to'g'ri harakat normalariga aylanishi kerak. Xususan, konstitutsiyaviy asosda bolalar va majburiy mehnatdan foydalanishga yo'l qo'ymaslik, shuningdek, homiladorlik yoki farzand ko'rish bilan bog'liq sabablarga ko'ra ayollarni ishga qabul qilishdan bosh tortishga yo’l qo’ymaslik.

Bundan tashqari, Konstitutsiyaga davlat organlari faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va hisobdorlikni ta'minlaydigan normalarni kiritish taklif qilindi.

Asosiy qonunga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar xalq muhokamasida ko'rib chiqiladi va referendumga qo'yiladi.

Xonimlar va janoblar,

Biz Bosh kotib Antonio Guterrishning 2023-yil sentyabr oyida "Kelajak sammiti"ni o'tkazish tashabbusini to'liq qo'llab-quvvatlaymiz.

Xalqaro hamjamiyatning ta'lim tizimlarini erta tiklash va modernizatsiya qilish bo'yicha sa'y-harakatlarni birlashtirishga sodiqligini namoyish etgan ta'limni o'zgartirish bo'yicha tarixiy Sammit arafasida muvaffaqiyatli o'tkazganini yuqori baholaymiz.

O'zbekistonda ushbu sohada aniq natijalarga erishildi. so'nggi besh yil ichida yoshlarning oliy ma'lumot olish darajasi 9% dan 29% gacha, bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish esa esa 27% dan 67,2% gacha o'sdi.

Aynan yoshlar o’zlarining taqdiri va kelajagiga bevosita bog’liq jarayonlarda asosiy o’rin tutishi lozim. Shu maqsadda 2023-yili O'zbekiston Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari yoshlar Kengashining birinchi yig'ilishini o'tkazishni rejalashtirmoqda. Mazkur tadbir yangi g'oyalar va aniq takliflar uchun maydon bo'lishiga ishonamiz. Ushbu muhim forumni o'tkazishda BMTning qo'llab-quvvatlashiga umid bildiramiz.

Joriy yil 14-16 noyabr kunlari Toshkent shahrida YUNESKO bilan hamkorlikda Bolalarni tarbiyalash va o'qitish bo'yicha Butunjahon konferensiyasini o’tkazish rejalashtirilgan. Ushbu anjuman umuminsoniy, adolatli va sifatli ta'limni ta'minlash uchun ilg’or tajribalarni almashishga xizmat qiladi.

BMTga a'zo davlatlarning ta'lim vazirlarini ushbu yuqori darajadagi anjumanda ishtirok etishga taklif qilamiz.

Hurmatli yig’ilish ishtirokchilari,

Bugun Markaziy Osiyoda mintaqah davlatlarining birgalikdagi sa'y-harakatlari samarasi o’laroq mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratildi.

O'zbekiston tashabbusi bilan o’tkazila boshlangan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari mexanizmi mintaqaviy hamkorlikdagi yangi davrining yorqin timsoliga aylandi.

Joriy yil iyul oyida bo'lib o'tgan Maslahat yig'ilishida XXI asrda  Markaziy Osiyoni rivojlantirish yo’lidagi do'stlik, yaxshi qo'shnichilik va hamkorlik to'g'risida tarixiy shartnoma qabul qilindi.

BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashni qo’llab-quvvatlab qator rezolyutsiyalar qabul qilinishi mintaqamiz mamlakatlari o’rtasidagi rishtalarning chuqurlashib borayotgani xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilayotganini bildiradi.

O'zbekiston dunyo hamjamiyati tomonidan Markaziy Osiyo mamlakatlarining o’zaro yaqinlashuv va hamkorlik jarayonlarini, mintaqaning global iqtisodiy va transport aloqalariga integratsiyalashuvini bundan  keyin ham qo'llab-quvvatlanishiga umid bildirmoqda.

Joriy yil mart oyida Toshkent shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Global aksilterror strategiyasini Markaziy Osiyoda amalga oshirishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o’tkazish bo’yicha tashabussimizni qo’llab-quvvatlagani uchun Bosh kotib Antonio Guterrishga minnatrorlik bildiramiz.

Forum natijalarini inobatga olgan holda, biz Global strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish va yangilangan qo'shma harakatlar rejasining bajarilishini doimiy monitoring qilish maqsadida Markaziy Osiyoda BMT Aksilterror boshqarmasining mintaqaviy ofisini ochishni taklif qilamiz.

Hurmatli janob Raisi

Markaziy Osiyoning rivojlanish istiqbollari Afg'onistonda tinchlikni ta'minlash bilan uzviy bog'liqdir.

Biz chuqur gumanitar inqirozni boshdan kechirayotgan ushbu mamlakatga xalqaro e'tiborning pasayishidan xavotirdamiz.  Afg'onistonning mavjud muammolar qurshovida yakkalanib qolishiga yo’l qo’ymaslik nihoyatda muhimdir. Bu, shubhasiz, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin

Joriy yil iyul oyida Afg’oniston muvaqqat hukumati delegatsiyasi ishtirokida Toshkentda bo'lib o'tgan Afg'oniston bo'yicha xalqaro konferensiya jahon hamjamiyatining ushbu mamlakatga nisbatan izchil yondashuvlarni ishlab chiqishdan manfaatdorligini ko'rsatdi.

Afg'oniston iqtisodiyotini tiklash, uning mintaqalararo iqtisodiy jarayonlarga qo'shilishi, infratuzilma va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo'nalishi bo'lishi kerak. Ushbu muammolarni hal qilish uchun BMT, xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning ko'magi zarur.

O'zbekiston Afg'onistonga ko'maklashish bo'yicha xalqaro sa'y-harakatlarga o'z hissasini qo'shmoqda. Chegaradosh Termiz shahrida Xalqaro transport-logistika xabi tashkil etilib, BMT tuzilmalari tomonidan Afg’onistonga gumanitar yordam ko'rsatishda uning imkoniyatlaridan keng foydalanmoqdalar.

Termiz shahrida Afg'onistonni gumanitar qo'llab-quvvatlash bo'yicha maxsus jamg'armani tashkil etishni taklif qilamiz. Jamg’arma mablag'lari ijtimoiy inqirozni bartaraf etish, yoshlar uchun ta'lim dasturlari va sog'liqni saqlash sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga yo'naltiriladi.

O'zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan joriy yil iyul oyida qabul qilingan "Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni mustahkamlash to'g'risida"gi rezolyutsiyada Afg'onistonni iqtisodiy hamkorlikka jalb qilish, uni ikki mintaqani bog'laydigan ko'prikka aylantirish ustuvor o'rin tutadi.

Mazkur g'oyalarning hayotga tadbiq etilishi uchun "Termiz – Mozori-Sharif – Kobul - Peshovar" temir yo'lini qurish kabi transmintaqaviy infratuzilma loyihalari amalga oshirilishi lozimdir. 

Afg'onistonni mintaqaviy savdo-iqtisodiy aloqalarga jalb etish muammolarini hal etishga O'zbekiston tomonidan BMT ko'magida Toshkent shahrida O'zaro bog'liqlik bo'yicha mintaqalararo markaz tashkil etilishi ham ko’maklashadi.

Hurmatli sessiya ishtirokchilari,

Bugungi kunda iqlim o'zgarishining salbiy oqibatlari mintaqamizda keskin namoyon bo'lmoqda. 

Biz "yashil" kun tartibining dolzarb masalalarini ilgari surish va iqlim o'zgarishi jarayonlarini jilovlash borasidagi ko'p tomonlama sa'y-harakatlarda faol ishtirok etishga tayyormiz. 

O’zbekiston Parij kelishuvi doirasida issiqxona gazlarini kamaytirish bo'yicha qo'shimcha majburiyat olgani, "yashil" iqtisodiyotga o'tish va qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirish bo'yicha keng qamrovli strategiyani amalga oshirayotir.

O'tgan yili O'zbekiston Prezidenti "Yashil makon" nomli keng ko'lamli tashabbusni ilgari surdi. Uning doirasida kelgusi besh yil ichida butun mamlakat bo'ylab 1 milliard daraxt va buta ekish ko'zda tutilgan.

Mintaqamizning katta ekologik muammosi Orol dengizi. So'nggi 5 yil ichida qurigan dengiz tubida 1,7 million gektar o'rmon plantatsiyalari yotqizildi.

Fursatdan foydalanib, men Bosh Assambleyaga Orolbo'yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasiga aylantirish to'g'risidagi rezolyutsiyani qabul qilgani uchun minnatdorlik bildiraman.

Joriy yil yakuniga qadar BMT shafeligida Nukusda birinchi Orolbo'yi xalqaro forumini o'tkazish rejalashtirilgan.

2023-yili O’zbekistonda ilk marotaba BMTning yovvoyi hayvonlarning ko'chib yuruvchi turlarini saqlash to'g'risidagi konventsiyasi tomonlarining 14-konferensiyasini, shuningdek Cho'llanishga qarshi Konventsiyani amalga oshirishni ko'rib chiqish bo'yicha Qo'mitaning navbatdagi yig'ilishi o’tkaziladi.

BMTga a'zo davlatlar va tuzilmalarni ushbu tadbirlarda yuqori darajada ishtirok etishga taklif qilamiz.

Hurmatli janob Rais,

Bu yil xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun yagona universal tuzilma bo'lgan Birlashgan Millatlar Tashkilotiga O'zbekiston bo’lganinga 30 yil to’ldi.

O'zbekistonning BMT Nizomiga sodiqligini tasdiqlaymiz va Tashkilot bilan har tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyorligimizni bildiramiz.

E'tiboringiz uchun rahmat.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий