O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiya BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasida ishtirok etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri B.Saidov boshchiligidagi delegatsiya BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasida ishtirok etish, qator ikki tomonlama va ko‘p tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish uchun shu kunlarda Nyu-York shahrida bo‘lib turibdi.
Sessiya va majlis arafasida quyidagi davlatlar tashqi ishlar vaziolari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi: Misr, Eron, Albaniya, Latviya, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Vetnam, Kuba, Malta, Portugaliya, Serbiya, O‘mon, Kabo-Verde, Seyshel orollari, shuningdek, "Project C.U.R.E." va "Islamic Relief USA" tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvlarda tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalarda hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash masalalari, turli darajalardagi bo‘lajak tadbirlar jadvali, mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb mavzular va boshqa ko‘plab masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuvlar yakunida quyidagi hujjatlar imzolandi:
- Albaniya Tashqi ishlar vazirligi bilan diplomatik pasport egalari uchun vizasiz tartib to‘g‘risidagi bitim;
- O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Malta Tashqi va Yevropa ishlar va savdo vazirligi o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘yicha o‘zaro Anglashuv memorandumi;
- O‘zbekiston va Portugaliya o‘rtasida iqtisodiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim;
- Serbiya Tashqi ishlar vazirligi bilan diplomatik pasport egalari uchun vizasiz tartib to‘g‘risidagi bitim;
- O‘zbekiston va Kabo-Verde o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma komyunike;
- O‘zbekiston va Seyshel orollari o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma Komyunike.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Kelajak sammiti va Qo‘shilmaslik harakatining vazirlar yig‘ilishida ham so‘zga chiqdi. B.Saidov o‘z nutqida tarixiy bosqich – O‘zbekiston qo‘shilmaslik harakatining 20-sammitiga mezbonlik qilishi va Harakatga 2027-2029 yillarga rahbarlik qilish rejalarini e’lon qildi. Bunda energiya xavfsizligi, barqaror rivojlanish va global savdo tizimlarini mustahkamlash kabi asosiy ustuvorliklarga e'tibor qaratamiz. Tinchlikni mustahkamlash, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va ta'lim orqali kelajak avlodni qo‘llab- quvvatlashga intilishi alohida ta’kidlandi.