O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlarining 12-yig‘ilishidagi ishtiroki to‘g‘risida

 

2022-yil 11-dekabr kuni Ashxobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov boshchiligidagi delegatsiya BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo'yicha mintaqaviy markazi (MOPDMM) Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlarining 12-yig‘ilishida ishtirok etdi.

Tadbirda, shuningdek, Qirg‘iz Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aybek Moldogaziyev, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Xusainzoda, Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vepa Xadjiev, Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi departamenti boshlig‘i Didar Temenov, MOPDMM rahbari Natalya German hamda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar ekspertlari ishtirok etdi. 

Uchrashuvda Markaziy Osiyodagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari, mintaqadagi xavfsizlikka oid asosiy chaqiriqlar va tahdidlar, MOPDMMning joriy yildagi faoliyati natijalari, shuningdek, 2023-yilga mo‘ljallangan rejalar ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z nutqida tashqi siyosatning muhim yo‘nalishlari va davlatimiz rahbarining muhim tashabbuslari haqida tadbir ishtirokchilariga batafsil ma’lumot berdi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston yaxshi qo‘shnichilik va mintaqaviy sheriklik kun tartibini izchil ilgari surmoqda.

Tadbir ishtirokchilariga O‘zbekistonning Orolbo‘yida ekologik halokatning oldini olish va “yashil” kun tartibini ilgari surish borasidagi sa’y-harakatlari to’g’risida ma’lumot berildi.

Oʻzbekiston Prezidentining Afg‘oniston hukumati bilan tomonlar majburiyatlarini bosqichma-bosqich bajarish algorimini tayyorlash va kelishish uchun yuqori darajadagi xalqaro muzokara guruhini shakllantirish haqidagi tashabbusiga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir ishtirokchilariga Afg‘onistonning yangi hukumatiga nisbatan mamlakatlar pozitsiyalarini yaqinlashtirishga, ushbu davlatni tinch taraqqiyot yo‘lida o‘zaro manfaatli kelishuvga erishish uchun shart-sharoit yaratishga xizmat qiladigan tashabbusning asosiy mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий