Oʻzbekiston-Qozogʻiston munosabatlarini yanada faollashtirish istiqbollari koʻrib chiqildi

 

2023-yil 23-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari Kengashi yigʻilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi bilan uchrashdi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari Oʻzbekiston-Qozogʻiston yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining turli jihatlari yuzasidan fikr almashdilar.

Ikki va koʻp tomonlama kun tartibining dolzarb masalalari boʻyicha faol muloqotni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Muzokarada IHT doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий