O'zbekiston-Qozog'iston hamkorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

 

2022-yil 28-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Bahrom A'loev Qozog'iston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Beybut Atamqulov bilan uchrashuv o'tkazdi.

Davlatlar Rahbarlarining shaxsiy aloqalari, ochiq va ishonchli muloqoti tufayli O'zbekiston-Qozog’iston munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarilgani ta'kidlandi. Bugungi kunda ikki mamlakat hamkorligi yaxshi qo'shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida faol rivojlanmoqda.

Turli darajadagi rejalashtirilgan tashriflar hamda uchrashuvlarning jadvali va ularning tashkiliy-mazmunli jihatlari bo'yicha fikr almashildi.

Xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Savdo, avtomobilsozlik, energetika, transport va logistika, qishloq xo'jaligi va boshqa sohalarda kooperatsiyani rivojlantirish muhimligi ta'kidlandi.

Bo'lajak madaniy-gumanitar tadbirlarga tayyorgarlik ko'rishga alohida e'tibor qaratildi.

Ikki mamlakat fuqarolarining o'zaro sayohatlarini tashkil etish orqali turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari mavjudligi qayd etildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий