O‘zbekiston-Qirg‘iziston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlari yig‘ilishi to‘g‘risida

 

2023-yilning 10-15-iyun kunlari Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi O‘zbekiston-Qirg‘iziston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasining O‘zbekiston Respublikasi Namangan viloyatining Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod viloyatiga tutash qismidagi ayrim uchastkalarida dala o‘rganish ishlari olib borildi.

Muzokaralar do‘stlik va o‘zaro anglashuv muhitida o‘tdi.

Tadbirlar yakunlari bo‘yicha tegishli Bayonnoma imzolandi.

Ishchi guruhlarning navbatdagi yig‘ilishi O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lib o‘tadi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий