O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha ishchi guruhlarning uchrashuvi to‘g‘risida

 2022-yilning 23-27-dekabr kunlari O‘sh shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini demarkatsiya qilishning tashkiliy-huquqiy masalalarini kelishish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi hukumatlari delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha ishlarni tartibga soluvchi huquqiy va texnik hujjatlar loyihalarini tayyorladilar.

Uchrashuv do‘stlik va o‘zaro hamjihatlik muhitida o‘tdi.

Tadbir yakunlari bo‘yicha tegishli Bayonnoma imzolandi.

Navbatdagi uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lib o‘tadi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий