O‘zbekiston Prezidentining Misrga rasmiy tashrifi boshlandi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Qohira shahriga keldi.

Misr poytaxtining xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarining tashrifi munosabati bilan ikki mamlakat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

O‘zbekiston yetakchisini Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi kutib oldi va samimiy qutladi. Davlat rahbarlarining qisqa uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Bugun davlatimiz rahbari Qohirada buyuk alloma bobomiz Ahmad Farg‘oniy tomonidan barpo etilgan “Miqyosi Nil” inshootiga tashrif buyuradi va Misr sivilizatsiyasi milliy muzeyi bilan tanishadi. Ushbu mamlakat yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkaziladi.

Tashrifning asosiy tadbirlari, shu jumladan oliy darajadagi muzokaralar ertaga, 21-fevral kuniga mo‘ljallangan.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий