O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Niderlandiya Elchisi bilan uchrashdi

 

2024-yilning 26-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Niderlandiya Qirolligining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Niko Sxemers bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Niderlandiyaning Afg‘oniston yo‘nalishidagi munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Elchi Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik o‘rnatishda O‘zbekistonning muhim roli, Toshkentning afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish va mamlakat milliy iqtisodiyotini tiklash borasidagi sa’y-harakatlarini alohida ta’kidladi.

Afg‘onistondagi bugungi vaziyat, shuningdek, ushbu mamlakatda turli infratuzilma loyihalarini amalga oshirish yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий