O‘zbekiston Prezidenti Sankt-Peterburgga keldi

 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun amaliy tashrif bilan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga keldi.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, “Pulkovo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko, Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий