O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston Prezidentini umumxalq saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi

 

21-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari Qasim-Jomart Toqayevni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti umumxalq saylovi muvaffaqiyatli o‘tgani va unda ishonchli g‘alaba qozongani bilan samimiy muborakbod etdi.

O‘zbekiston-Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.

Savdo, sanoat, energetika, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi kabi ustuvor yo‘nalishlarda va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligi qayd etildi.

Mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий