O‘zbekiston Prezidenti MDHga aʼzo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan, bugun Sankt-Peterburg shahriga jo‘nab ketdi.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti MDHga aʼzo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etadi.
Sammitda yetakchilar ko‘p tomonlama hamkorlik va mintaqaviy sheriklikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqadilar.