O‘zbekiston Prezidenti Berlinga jo‘nab ketdi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning taklifiga binoan tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Berlin shahrida Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer va Federal Kansler Olaf Shols bilan muzokaralar, shuningdek, Germaniyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Germaniya poytaxtidagi Yangi muzey va Jeyms Simon galereyasida ochiladigan “O‘zbekistonning arxeologik xazinalari. Aleksandr Makedonskiydan Kushonlar imperiyasigacha” nomli ko‘rgazma bilan tanishish ko‘zda tutilgan.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий