O‘zbekiston Prezidenti BAA bilan investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidladi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Birlashgan Arab Amirliklari iqtisodiyot vaziri Abdulla bin Al Marriy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida vazir davlatimiz rahbariga BAA Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon, Bosh vaziri Shayx Muhammad Ol Maktum, vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon va Abu-Dabi Valiahdi Shayx Holid Ol Nahayonning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning qo‘shma loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va ilgari surishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida sheriklik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi, qo‘shma korxonalar va to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar soni oshib bormoqda. Ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi loyihalar portfeli 4 milliard dollarga yetdi.

Energetika, transport, logistika, qishloq xo‘jaligi, suv ta’minoti va boshqa sohalarda yirik loyihalarni tezlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий