O'zbekiston-Ozarbayjon konsullik maslahatlashuvlari to'g'risida
2022-yil 28-oktabr kuni Boku shahrida O'zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida konsullik maslahatlashuvlarining ikkinchi davrasi bo'lib o'tdi.
Tadbirda ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari konsullik xizmatlari, huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa tuzilmalarning vakillari ishtirok etdi.
Konsullik yo'nalishi bo'yicha O'zbekiston-Ozarbayjon hamkorligi, jumladan, fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi.
Migratsiya sohasida tajriba almashish va aloqalarni kengaytirish, ushbu yo'nalishda qo'shma loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirish bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi.
Ikki mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari o'rtasidagi muloqotni mustahkamlashga alohida e'tibor qaratildi.
Muzokaralar yakunida manfaatdor idoralar tomonidan konsullik-huquqiy sohada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni tartibga soluvchi protokol imzolandi.