Oʻzbekiston-Ozarbayjon hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

 

2023-yil 24-yanvar kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Har ikki tomon O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlarining muloqotlari natijasida erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirishga tayyorligi tasdiqlandi.

Xalqaro va mintaqaviy institutlar doirasidagi konstruktiv muloqot hamda o‘zaro yordam ko'rsatishda davom etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Xususan, J.Bayramov Ozarbayjon tomonining IHT doirasidagi umumiy sa’y-harakatlarini yaqindan muvofiqlashtirishga tayyorligini bildirdi.

Savdo, transport va logistika sohalaridagi aloqalarni kengaytirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni jadallashtirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий