O‘zbekiston-Litva siyosiy maslahatlashuvlari to‘g‘risida
Vilnyus shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Litva Respublikasi Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov va Litva tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mantos Adomenas boshchiligidagi delegatsiyalar o‘zaro manfaatli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollarini muhokama qildilar.
Siyosiy muloqot va parlamentlararo aloqalarni faollashtirish, o‘zaro munosabatlar va investitsiyaviy hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini kengaytirish, xalqaro institutlar doirasidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Madaniy-gumanitar aloqalar, xususan, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
***
Shu kunning o‘zida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Litva tashqi ishlar vaziri Gabrielius Landsbergis, shuningdek, Litva transport va kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Yuliy Skachkauskas bilan uchrashdi.
Uchrashuvlarda siyosat va diplomatiya, savdo-iqtisodiy, transport va energetika sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.