O‘zbekiston-Kipr munosabatlarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi
2023-yil 22-sentabr kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kipr tashqi ishlar vaziri Konstantinos Kombos bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Kipr munosabatlaridagi mavjud salohiyatni ro‘yobga chiqarish, hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazish va parlamentlararo muloqotni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.